O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 271 - sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida zamonaviy mini-texnologiyalar va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Ko‘rgazmani viloyat hokimi Zoyir Mirzayev ochib berdi va 19 ta xorijiy kompaniyaning 200 dan ziyod mini-texnologiyalari orqali 30 dan ortiq yo‘nalishdagi tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini ko‘zdan kechirdi.

Shuningdek, ko‘rgazma stendlarida 23 ta tarmoq sub’yektlarining 100 dan ortiq turdagi mahsulotlari va "O‘zbekneftgaz" AJ tizimidagi korxonalar extiyoji uchun o‘zlashtirishga taklif etilayotgan 27 turdagi mahsulotlar haqida ham ma’lumotlar olish mumkin.

10-08-2021 |
Foto galereya