Voha markazida o‘tkazilgan bayram tadbirida viloyat hokimi, energetika vazirligi, "O‘zbekneftgaz" AJ rahbariyati va soha fidoyilari hamda "Nasaf" FK rahbariyati ishtirok etishdi. Bayramni kirish so‘zi bilan ochib bergan Murotjon Azimov, barcha Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi xodimlarini 20 yillik mashaqqatli va samarali mehnat faoliyatlari bilan samimiy muborakbod etdi.




Tadbir davomida, sohaning qator jonkuyarlariga “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” ko‘krak nishonlari, viloyat hokimligi,  energetika vazirligi va "O‘zbekneftgaz" AJning faxriy yorliqlari hamda qimmatbaho estalik sovg‘alari topshirildi, shu bilan birga, ko‘p yillik fidokorona mehnatlari evaziga chet elga sayohat uchun yo‘llanmalar va 6 nafariga avtomobil sovg‘a qilindi.
 
 

Shuningdek, sana munosabati bilan poytaxtdan tashrif buyurgan va vohamizning suyukli san’atkorlari tomonidan aytilgan kuy-qo‘shiqlar barchaning kayfiyatiga ko‘tarinkilik bag‘ishladi hamda tadbir o‘yin kulgular bilan davom etdi.
 
27-12-2021 |
Foto galereya