Qashqadaryo viloyati hokimligi tomonidan О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Qarshi davlat universiteti, “Shahrisabz” davlat muzeyi qо‘riqxonasi hamkorligida sohibqiron Amir Temur tavalludining 684 yilligi munosabati bilan 2020 yil 30 aprelda “Amir Temur – buyuk davlat bunyodkori, ilm-ma’rifat homiysi” mavzusida ondayn tarzda о‘tkaziladigan ilmiy-uslubiy  konferensiya о‘tkazilishi rejalashtirilgan. (Ushbu konferensiya global pandemiya sharoitida о‘tkazilayotgani tufayli barcha faoliyat faqat  ondayn  shaklda amalga oshiriladi).

2020 yil - “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlashga yо‘naltirilgan ushbu ondayn konferensiyasi doirasida Amir Temur va temuriylar davrida milliy davlatchilik va boshqaruv tarixi, shaharsozlik madaniyati va ilm fan taraqqiyoti, xalqaro munosabatlar rivoji bilan bog‘liq ilmiy masalalar kо‘rib о‘tiladi.

Tashkiliy guruh tomonidan tanlab olingan sara maqolalar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda hamkor tashkilotlarning  ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga joylanadi, “Sohibqiron yulduzi” jurnalining maxsus sonida nashr etiladi. online konferensiya materiallarini karantin muddati tugagach tо‘plam holida tо‘liq chop etish rejalashtirilgan.

Konferensiyada quyidagi shu’balar bо‘yicha ilmiy maqolalar qabul qilinadi:

  1. Amir Temur- Buyuk Turon saltanati, Sharq renessansi yangi davri
  2. Amir Temurning davlatchilik va boshqaruv tizimi sohasidagi islohotlari.
  3. “Temur tuzuklari” - Amir Temur davrida davlatchilik va boshqaruv tarixi bо‘yicha muhim manba.
  4. Amir Temur va temuriylar davrida iqtisodiy hayot, ichki va tashqi savdo aloqalari.
  5. Amir Temur va temuriylar davrida fan va madaniyat rivoji omillari.
  6. Amir Temur va temuriylar davrida shaharsozlik, me’morchilik, bunyodkorlik.
  7. Amir Temur va temuriylar davrida  xalqaro  aloqalar  rivoji.
  8. О‘zbek xalqining milliy qahramoni Amir Temur siymosining yuksak ma’naviyatli barkamol avlodni tarbiyalashdagi ahamiyati.

 

Konferensiyaning rasmiy tillari: о‘zbek, rus va ingliz tili.

Konferensiyada OTM professor о‘qituvchilari, ilmiy hodimlar, ilmiy tadqiqotchilar, magistrlar ishtirok etishi mumkin.

Maqolalarga qо‘yiladigan talablar:

Maqola matnining elektron nusxasi MSWord/rtf dasturidaTime New Roman formatida,14 shriftda, 1 intervalda, 3-5 bet hajmda bо‘lishi lozim. 

Matn boshida sarlavhadan pastda muallifning ismi va familiyasi, ma’lumotlari (ilmiy darajasi, ish joyi, lavozimi, telefon raqami va elektron pochta manzili) yoziladi, о‘zbek rus, ingliz tillarida annotatsiya va kalit sо‘zlar keltiriladi.

Varaqdagi matnning chegaralari: yuqoridan 2,5 sm., pastdan 2,5 sm., о‘ngdan 2,5 sm., chapdan 3,0 sm.

Ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etish istagida bо‘lganlar maqolalarni 2020 yil 25 aprelgacha qо‘yidagi elektron manzillariga taqdim etishlari mumkin:

Elektron manzil: hushnab@mail.ru

 

Telegramm:  tel :+998939307930  (Sherzod)

        

Murojaat uchun: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qashqadaryo viloyati bо‘limi,

tel: 75-221-05-50; QarshiDU, Ijtimoiy fanlar fakulteti; tel:+998939377739,

 

Konferensiya tashkiliy guruhi:

 

Hakamlar hay’ati raisi:

О‘ktam Mavlonov – О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi professori.

A’zolari:

Akmal  Sultonov - Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bо‘lim mudiri

Poyon Ravshanov - Qarshi davlat universiteti professori.

Bahodir Eshov – Qarshi davlat universiteti tarix fakulteti dekani, professor.

Ochil Bо‘riyev – Qarshi davlat universiteti professori, “Sohibqiron yulduzi” jurnali bosh muharriri

Bahodir Mamadiyev-Qashqadaryo viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi direktori

Nabi Xushvaqtov – Shahrisabzdagi Amir Temur muzeyi direktori.

Lola Saodatova – Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bо‘limi rahbari

 

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qashqadaryo viloyat bо‘limi.

15-04-2020 |
Foto galereya