2021/2022-o‘quv yili uchun bakalavriat bosqichi talabalariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tayinlandi. Unga ko‘ra, viloyatdagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan bir qator talabalar ham 2021/2022-o‘quv yili uchun bakalavriat bosqichida Prezident va nomli davlat stipendiyalarini qo‘lga kiritdi. Jumladan,
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasiga sazovor bo‘lganlar:
 
Qarshi davlat universiteti psixologiya yo‘nalishi (faoliyat turlari bo‘yicha) 4-kurs talabasi Shukurova Mahliyo Boqiyevna,
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali dasturiy injiniring yo‘nalishi 4-kurs talabasi Isomiddinov Ma’rufjon Umid o‘g‘li.
 
Navoiy nomli davlat stipendiyasiga sazovor bo‘lganlar:
 
Qarshi davlat universiteti filologiya va tillarni o‘qitish (nemis tili) yo‘nalishi 3-kurs talabasi Qahorova Zabarjad Abdurasul qizi,
Qarshi davlat universiteti tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha) yo‘nalishi 4-kurs talabasi Ahmedova O‘g‘iloy Abdisalom qizi, 
Qarshi davlat universiteti xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) yo‘nalishi 4-kurs talabasi Tosheva Dilbar Muzaffar qizi, 
Qarshi davlat universiteti filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) yo‘nalishi 4-kurs talabasi Murodillayev Nurali Asliddin o‘g‘li, 
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti moliya yo‘nalishi 3-kurs talabasi Ochilova Sevara Botirali qizi.
 
Islom Karimov nomli davlat stipendiyasiga sazovor bo‘lganlar: 
 
Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish yo‘nalishi 3-kurs talabasi Daliyeva Eliza Zokir qizi, 
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha) yo‘nalishi 4-kurs talabasi Faxriddinov Bahriddin Faxriddin o‘g‘li,
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasida kasb ta’limi yo‘nalishi 3-kurs talabasi Mirzayeva Faxriya Shavkat qizi,
“TIQXMMI” MTU huzuridagi Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish yo‘nalishi 3-kurs talabasi Shirinboyev Xudoynazarbek Tolib o‘g‘li.
 
Beruniy nomli davlat stipendiyasiga sazovor bo‘lganlar: 
 
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti energetika (issiqlik energetikasi) yo‘nalishi 4-kurs talabasi Xusunov Shaxboz Xayrullo o‘g‘li,
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti texnologik mashinalar va jihozlar (neft va gaz sanoati) yo‘nalishi 4-kurs talabasi Nurboboyev Navro‘zbek Tulqin o‘g‘li,
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti energetika (issiqlik energetikasi) yo‘nalishi 4-kurs talabasi Mirzayev Akbar Ulug‘bek o‘g‘li,
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali “kompyuter injiniringi: AT-servis” yo‘nalishi 4-kurs talabasi Mansurova Zarina Anvar qizi.
 
Ulug‘bek nomli davlat stipendiyasiga sazovor bo‘lganlar:
 
Qarshi davlat universiteti biologiya (turlari bo‘yicha) yo‘nalishi 4-kurs talabasi Shapoatova Muxlisa Murodilla qizi,
Qarshi davlat universiteti fizika yo‘nalishi 4-kurs talabasi Rayimov Nurbek Qurbonboy o‘g‘li.
16-02-2022 |
Foto galereya