Chiroqchi tumanida "Tomorqachilik ilmiy-amaliy markazi tomorqa xizmati" MCHJning 3 qavatli o‘quv markazi ish boshladi. Ochilish marosimida Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N.Husanov, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi A.Haitov va viloyat hokimi Murotjon Azimov hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
 
 
Markazning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari:
- ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish orqali aholiga tomorqa yer uchastkalaridan yiliga kamida 3 marta hosil olishga erishishga ko‘maklashish; 
- tomorqachilik yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish;
- ilg‘or yutuqlardan foydalangan holda ko‘chatchilik, urug‘chilik va naslchilik, quyonchilik, parrandachilik, asalarichilikni rivojlantirish, tomchilatib sug‘orishni keng joriy qilish,  tomorqa yer uchastkalarida baliq boqish uchun hovuzlar tashkil etish sohasida ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish hamda keditlar taqdim etish.
 
 
Tadbir davomida rahbarlar u yerda yaratilgan sharoit va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishib, kelgusida markaz imkoniyatlaridan foydalangan holda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan loyihalar ko‘zdan kechirildi.
 
 
11-02-2022 |
Foto galereya