Tumanning "Oqguzar" MFYda hokim yordamchilari uchun amaliy seminar o‘tkazilib, unda mahallaning "Islomobod" ko‘chasida Andijon tajribasi qo‘llanilgan holda ko‘chaning 200 metr masofasida 7 yil muddatga bank kreditlari ajratish evaziga tok so‘rilar qurilish ishlari namoyish qilindi.
 
 
Shuningdek, ushbu mahallada tadbirkorlik faoliyatini olib borayotgan va hozirgi kunga kelib, 500 ming so‘mdan 12 mln. so‘mgacha bo‘lgan turli o‘lchamdagi va yilning istalgan faslida foydalanish mumkin bo‘lgan inkubatorlar ishlab chiqaruvchi “Dilnoza va Bobur” oilaviy korxonasi faoliyati ham o‘rganildi.
 
 
Seminar davomida viloyat hokimi o‘rinbosari Nodir Erkayev, Fermerlar Kengashning viloyat boshqarmasi boshlig‘i Igor Tursunov, tuman hokimi Botir Tog‘ayev va jamoatchilik faollari “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida aholi tomorqalariga daraxt ko‘chatlarini ham o‘tqazishdi.
 
04-03-2022 |
Foto galereya