Prezident raisligida OTM talabalari bandligini ta’minlash masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishiga ko‘ra QarshiDU o‘ziga xos namuna ko‘rsatmoqda.
 
 
Jumladan, universitetning 543 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj talaba-yoshlari ishlashga ehtiyoji borligi aniqlanib, ularning salohiyatidan kelib chiqgan holda 48 nafari oliygohning o‘ziga, 41 nafari esa ta’lim maskani hududida joylashgan savdo va xizmat ko‘rsatish ob’yektlariga jalb qilinib, bandligi ta’minlandi.
 
 
Bunday ishlarning davomi sifatida universitet qoshida “Chevar qizlar” tikuvchilik syexi faoliyati tashkil etildi. Bu yerda ichki ehtiyojlarga ko‘ra TTJ uchun tikuv-trikotaj buyumlari (yuqori sifatli sochiq, choyshab, matras, yostiqlar) ishlab chiqarilib, syexning 2 smenada ishlashi ortidan 20 nafar talaba-yoshlar ish bilan ta’minlandi. Shuningdek, ularga 1 mln 200 mingdan 2 mln so‘mgacha oylik maoshlar to‘lanadi va jarayonlarda boshlang‘ich tikuvchilikka tayyorlash, milliy kiyimlar tarixi hamda tikuv buyumlarni konstruksiyalash kabi bilimlar ham berib boriladi.
 
 
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda hozirning o‘zida 100 nafardan ortiq talabalarning bandligi ta’minlanib, kelgusida ham oliygoh talabalarini ish bilan ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasi amaliyotga tadbiq etilmoqda.
10-03-2022 |
Foto galereya