Aholi murojaatlarini o‘rganish, ularning dardiga quloq tutish va muammolariga tegishlicha yechim topish har bir davlat idorasi rahbarining ustuvor vazifalaridan biridir.
Bu borada, Shahrisabz tumanida ham hudud rahbari boshchiligida yil boshidan hozirgi davrgacha bo‘lgan sayyor qabullarda ko‘tarilgan fuqarolar murojaatlariga asosan 130 mln. so‘mga yaqin yordam ko‘rsatilgan. Xususan, tibbiy va moddiy yordamga muhtojligi bo‘lgan 29 nafar fuqaroga 104 million so‘m, uy-joyini ta’mirlash uchun 1 nafar fuqaroga 18 million so‘m mablag‘lar yo‘naltirilgan.
Shuningdek, bandlik masalasi bo‘yicha 3 nafar fuqaroga 1 donadan tikuv mashinasi va yana 3 nafar fuqaroga esa elektrpechi olib berilgan.
24-02-2022 |
Foto galereya