Mazkur bank Gruziya davlatiga tegishli bo‘lib, 2020-yilda yurtimizga birinchi raqamli bank sifatida kirib kelgan holda O‘zbekistonning barcha hududlarida mijozlarni faollashtirish shahobchalari faoliyat yuritadi. Bank to‘liq onlayn rejimda ham ishlashi mijozlarga ortiqcha ovvoragarchiliklarni keltirib chiqarmaydi.
 
 
Bankning shou-rumlari standart bank filiallaridan tubdan farq qiladi. Bu yerda bank xizmatlari ko‘rsatilmaydi. TBC bankning barcha xizmatlaridan onlayn foydalanish mumkin. Ushbu shoxobchalar foydalanuvchilar TBC UZ ilovasida ro‘yxatdan o‘tish, tasdiqlash jarayonidan o‘tib, to‘laqonli mijozga aylanish, shuningdek, bank kartasini olish borasida malakali mutaxassislardan maslahatlar olishiga mo‘ljallangan.
 
29-10-2021 |
Foto galereya