Joriy yil 24 avgustdan boshlab Tokio shahrida Paralimpiya o‘yinlariga start beriladi. Ushbu Paralimpiya o‘yinlarida qashqadaryolik 3 nafar parasportchilar ham ishtirok etishadi.
 
 
Shu munosabat bilan, Qashqadaryo viloyati hokimligi, Turizm va sport bosh boshqarmasi  tomonidan "Tokio-2020" Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etuvchi atletlarimiz bilan "ZOOM" orqali onlayn muloqot tashkil etilib, bo‘lajak musobaqalarda omad tilashdi.
 
 
Tadbirda "Tokio-2020" Paralimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan 3 nafar sportchilarimiz:
- Dovurxon Karomatov,
- Nuriddin Davlatov,
- Asila Mirzayorovalarga viloyat hokimligi tomonidan 50 mln.so‘mdan pul mukofoti sertifikatlari topshirildi.
20-08-2021 |
Foto galereya