Prezident Shavkat Mirziyoyev "Yoshlar kuni" munosabati bilan faol va tashabbuskor yosh avlod vakillaridan bir guruhini mukofotladi.

O‘zining ijodiy va intellektual salohiyati, tanlagan kasb yo‘nalishi va ijtimoiy hayotda erishgan muhim natijalari bilan turli sohalarda yurt ravnaqiga, uning xalqaro obro‘-eʼtiborini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shayotgan, tengdoshlariga o‘rnak va namuna bo‘lib kelayotgan faol va yetakchi yoshlarimizni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida futbol bo‘yicha O‘zbekiston Milliy terma jamoasi aʼzosi Otabek Shukurovni "Mard o‘g‘lon" davlat mukofoti bilan taqdirladi.

 

Bugun davlat mukofotini viloyat hokimi Zoyir Mirzayev topshirdi.

Shuningdek, viloyat rahbari Otabekning otasi G‘ayrat Murodovga shunday farzand tarbiyalab, voyaga yetkazgani uchun rahmat aytib, Prezident nomidan “Qorabayir” zotdor otini sovg‘a qildi.

01-07-2021 |
Foto galereya