Zoyir Mirzayev ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan fuqarolarning muammolari yuzasidan onlayn tarzda "ZOOM" orqali navbatdagi aholi murojaatlarini tingladi.

Qabul davomida Gʻuzor tumani, Qorako‘l MFYda boquvchilarini yo‘qotganligi tufayli ukasi bilan yolg‘iz yashovchi qizning uy-joy bo‘yicha qilgan murojaati viloyat hokimi tomonidan o‘z yechimini topadigan bo‘ldi.

Shuningdek, barcha tuman (shahar)lardan ishtirok etgan 26 nafar fuqarolarning uy-joyga bo‘lgan ehtiyojlari, salomatligini tiklash va boshqa turli masalalar bo‘yicha qilgan muammolari ham tinglanib, muammolari hal etiladigan bo‘ldi va ayrim murojaatlar bo‘yicha qo‘shimcha o‘rganish ishlari olib borilishi ta’kidlandi.

18-08-2021 |
Foto galereya