Barchaga ma’lumki davlat rahbarining tashabbusi bilan har bir mahallalarda "Hokim yordamchisi" va "Yoshlar yetakchisi" lavozimlari joriy etilib, bulardan ko‘zlangan asosiy maqsad chekka-chekka hududlarda ham tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish, shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etgan holda ularni vatanparvarlik ruhida kamol toptirishga qaratilgan.
 
 
Shu maqsadda, viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Murotjon Azimov Nishon tumanida bo‘lib, hududda joylashgan mahallalarning o‘sish nuqtalari bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va tadbirkorlik loyihalari bilan tanishdi. Ilk manzilda viloyat rahbari "Yuksalish" MFYga tashrif buyurdi va u yerda hokim yordamchisi hamda yoshlar yetakchisi faoliyati bilan qiziqdi.
 
- Mahallaning biror odami ishsiz qolib ketmasligi kerak, - dedi Murotjon Azimov hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisiga qarata. - Har bir loyiha mukammal o‘ylab chiqilishi kerak. Mahalla ahlining taklifi va roziligi ham muhim.
 
 
Shuningdek, o‘rganish ishlari davomida rahbarlar tumandagi "Oydin" MFY aholisi xonadonlariga ham tashrif buyurgan holda fuqarolarning yashash turmush sharoiti va xonadonlarda tashkil etilayotgan issiqxonalar hamda o‘zini-o‘zi band qilish choralari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Shu bilan birga, mazkur mahallada aholi muammolarini o‘rganish, ularga yechim topish va fuqarolarimizning og‘irini yengil qilish maqsadida viloyat hokimining sayyor qabuli o‘tkazildi.
 
21-02-2022 |
Foto galereya