Bayram arafasida vohaning qay hududiga qaramang yangi ishlab chiqarish yoki ijtimoiy obyektlar hamda turar-joy majmualari aholi farovonligi yo‘lida foydalanishga topshirilmoqda. Jumladan, "MIRISHKOR RIFA TEXTILE" MCHJ tomonidan loyiha qiymati 25 mlrd. so‘m bo‘lgan, 120 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan va xorij texnologiyasi asosida yiliga 2000 tonna tayyor trikotaj matosi ishlab chiqaradigan fakrika ishga tushirildi.
 
 
Tumanda yana bir, umumiy qiymati 20 mlrd. so‘m bo‘lgan zamonaviy un zavodi "THE BEST AGROXIM CLASTER" MCHJ g‘allachilik klasteri tomonidan ishga tushirilib, 100 ga yaqin ish o‘rinlari yaratildi. Natijada, kuniga 100 tonnagacha sifatli un mahsuloti ishlab chiqariladi. Shuningdek, boshqa tumanlarda bo‘lgani kabi Mirishkorda ham aholining arzon uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida har biri 20 xonadonli 2 ta ko‘p qavatli uylar o‘z egalariga topshirildi.
 
30-12-2021 |
Foto galereya