Viloyat hokimi shahar hokimi hamda mas’ul tashkilot rahbarlari ishtirokida Qarshi shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, shuningdek, qurilishda shaharsozlik normalariga amal qilish holatlarini ko‘zdan kechirdi.
 
 
Qish mavsumida yog‘ingarchilik sababli ayrim ko‘chalarda olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari oxiriga yetmay vaqtincha to‘xtab qolgandi. Viloyat rahbari ushbu ko‘chalarda boshlangan qurilish ishlarini sifatli va muddatida amalga oshirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.
 
 
Bundan tashqari, Qarshi-Samarqand yo‘lida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan ham tanishildi. Ayni paytda bu yerda avtomobil yo‘lini kengaytirib, asfalt qoplamasi yotqizish, ko‘prik qurilishi ishlari davom etmoqda. Viloyat rahbari shuningdek, "Ravoq" mahallasi hududida yangi qurilayotgan qo‘g‘irchoq teatri binosini ham ko‘zdan kechirdi.
01-02-2022 |
Foto galereya