Brokkoli (Brassica botrytis subsp. italica) – karamdoshlar oilasiga mansub, bir yillik o‘simlik, gulkaramning o‘zgargan turi hisoblanadi. Janubiy Italiya brokkoli vatani bo‘lib, qadimgi Rimda 2 ming yil oldin ham yetishtirilgan. Bu ekin Italiyadan Vizantiyaga, keyinchalik esa boshqa Yevropa davlatlariga keng tarqalgan. AQSH da karamning bu turi 1925-yildan beri ekib kelinadi va bugungi kunda maydoni gulkaramnikidan ham ko‘payib ketgan. Hozirgi vaqtda brokkoli yetishtirish Yaponiya, Italiya, Germaniya, Angliya, Fransiya, Kanada, Shvetsiya, Polsha, Rossiya, Ukraina va boshqa mamlakatlarda sezilarli darajada ko‘paygan.
 
Mamlakatimizda ham brokkoli noan’anaviy, kam tarqalgan sabzavot ekinlariga kiradi. Uni ayrim havaskor sabzavotkorlar cheklangan miqdorda yetishtirmoqdalar. Ko‘kdala tumanida viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari A.Qodirov ishtirokida Ko‘kdala tumani hokimi X.Jurayev boshchiligida sektor va qishloq xo‘jaligiga aloqador mas’ullar hamda dehqon fermerlar ishtirokida karamning brokolli navini tumanda yetishtirish xususida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 
 
Ma’ulmot uchun, o‘tgan 2021-yilda Ko‘kdala tumanida 4 gektar yer maydonida brokolli karami yetishtirilgan bo‘lsa, joriy yilda 1000 gektar yer maydonida yetishtirish rejalashtirilmoqda. Takroriy ekin sifatida tarvuz poliz ekinidan bo‘shagan yer maydonlarida yetishtirilishi ko‘zlangan karamning brokolli navi nihollari sentabr oyida yerga qadaladi. Ko‘kdalal tumanida yangi tashkil etilayotgan brokolli yetishtirish klasteri dehqon fermerlarga karamning brokolli navini yetishtirishda yaqindan yordam berishi barobarida tayyor mahsulotlarni sotib olishi ham yo‘lga qo‘yiladi.
05-05-2022 |
Foto galereya