Qashqadaryo hokimlari va vohamiz tadbirkorlari ishlab chiqarish hamda eksport salohiyati yuqori bo‘lgan Namangan viloyati tadbirkorlarining mahsulotlarini viloyatimizda ommalashtirish va ishlab chiqarish jarayonlarini yo‘lga qo‘yish maqsadida tajriba almashish uchun u yerga tashrif buyurgani haqida xabar berilgan edi.
 
 
 
Tashrifning ikkinchi kunida dastlab Namangan shahridagi "Yangi O‘zbekiston - yoshlar ziyo maskani" axborot-kutubxona markazida yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi. Shundan so‘ng, keyingi manzilda mahalliy ishlab chiqaruvchilar paviloni bo‘lib, unda namanganlik mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etishdi.
 
 
Shuningdek, ilk bor "Qashqadaryo-Namangan" biznes forumi o‘tkazilib, unda Qashqadaryoning tuman va shahar hokimlari hamda ikki viloyat tadbirkorlari ishtirok etishdi.
 
 
Bizda kichik biznes rivojlangan bo‘lsa, Qashqadaryoda yirik ishlab chiqarish korxonalari rivojlangan, - deydi Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov. - Ikki tomonlama tajriba almashinuv har ikki tomon uchun serdaromad va manfaatlidir.
14-03-2022 |
Foto galereya