10 may kuni Qashqadaryo viloyati hokimining o‘rinbosari Nodir Erkayev rahbarligidagi ishchi guruhi viloyatda faoliyat yuritayotgan muammosi mavjud tadbirkorlarning masalalarini muhokama qilindi.

15 nafar tadbirkor tinglangan qabulda asosan, tijorat banklari tomonidan kredit mablag‘lari ajratilmayotganligi, Bandlik boshqarmasi tomonidan ajratiladigan subsidiya masalasi, tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida yer maydoni ajratilishi, bozorlar faoliyatiga oid muammolarning yechimi masalalarida murojaatlar qilindi.

Shuningdek, 5,5 mln.AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritish va yangi soha Steklokristolit (sunʼiy marmar oyna) mahsuloti ishlab chiqarish yo‘nalishini yo‘lga qo‘yish maqsadida Qarshi shaharidan yer maydoni ajratilishi bo‘yicha murojaat qilindi.

Tadbirkorlar baʼzida muammolarga duch kelib turishadi, - deydi N.Erkayev. - Shunday vaqtda ular bizga oson bog‘lanib, muammosini ayta oladigan tizim tashkil etishga harakat qilyapmiz. Yaqinda telegram ijtimoiy tarmog‘ida tadbirkorlar bilan muloqot olib borish uchun guruh tuzdik.

Ushbu murojaatlar bo‘yicha barcha masʼullar qatʼiy muddat berildi va har bir murojaat shaxsan viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari nazoratida ekanligi aytib o‘tildi.

Maʼlumot uchun, o‘rinbosar o‘z so‘zida "Tadbirkor fikri & Yoshlar 1+1" nomli guruhni nazarda tutgan.

Qashqadaryo viloyati hokimligi
Axborot xizmati rahbari,
A.Sodiqov

12-05-2021 |
Foto galereya