Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Murotjon Azimov boshchiligidagi viloyat va tuman sektor rahbarlari Gʻuzor tumanidagi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlariga qarashli harbiy qismda bo‘lib, harbiy qismning yangi ma’muriy binosi ochilishida ishtirok etishdi.
 
 
Yangi binodagi yangi imkoniyatlarning guvohi bo‘lgan mehmonlar tomonidan chegarachi harbiy xizmatchilarining yurtimiz tinchligi va fuqarolarimiz osoyishtaligini ta’minlashdek sharafli va mas’uliyatli xizmatni ado etish barobarida Prezidentimizga va xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilishlariga yuksak ishonch bildirildi.
 
 
Shu kuni chegarachilarga 28 ta xonadondan iborat yangi zamonaviy turar-joylar kaliti ham topshirildi. Tadbir doirasida chegarachi harbiylar va ularning farzandlariga viloyat hokimining estalik sovg‘alari topshirildi.
 
28-03-2022 |
Foto galereya