Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri chekka tumanlardagi maktab filiallarining sharoiti bilan tanishishni boshladi. Xususan, vazir Hilola Umarova boshchiligidagi respublika ishchi guruhi Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanidagi taʼlim maskanlarida bo‘ldi.

Dastlab vazir tumanning "Yakkadaraxt" mahallasida joylashgan 12-sonli maktabning filialida bo‘lib, o‘quvchi yoshlar bilan muloqot qildi hamda maktabning foydalanishga yaroqsiz eski binosini ko‘zdan kechirdi. Vazirning tashrifi davomida tuman hokimi Bekzod Suyunov hamrohlik qilib, tumanda taʼlimni rivojlantirish uchun respublika miqyosida hal etiladigan muammolarda amaliy yordam berishni so‘radi.

Shuningdek, vazir maktabga bitta xonani informatika xonasi sifatida jihozlab, kompyuterlar bilan ta’minlash haqida topshiriq berdi. Aholi soni ko‘payishi inobatga olinib, shu kabi maktab filiallari alohida yangi maktab sifatida faoliyat olib borishiga kelishib olindi.

22-02-2023 |
Foto galereya