Xabaringiz bor, Bosh vazir o‘rinbosari Shuhrat Gʻaniyev ayni kunlarda qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish masalalari bo‘yicha Qashqadaryoga tashrif buyurgan. O‘rganishlar doirasida navbatdagi manzil Gʻuzor tumani bo‘lib, hududdagi "Mustaqillik" MFYda “Yashil yillik” umummilliy tadbiri hamda respublika amaliy seminari bo‘lib o‘tdi.
 
 
Shuningdek, seminarda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi, viloyat hokimi o‘rinbosari, Gʻuzor, Qamashi, Yakkabog‘, Shahrisabz hamda Kitob tumanlari hokimlari va qishloq xo‘jaligi sohasi vakillari ishtirok etishdi. Tadbirlar doirasida 45 ming dona ko‘chatlar olib kelinib, aholi xonadonlari va ta’lim muassasalariga tarqatildi hamda mas’ul rahbarlar ham ko‘chat ekish ishlarida faol bo‘lishdi.
 
03-03-2022 |
Foto galereya