Davlat rahbarining aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangicha tashkil etishda hokimlik va davlat idoralari rahbarlariga bergan topshiriqlariga asosan vohamizning har bir tuman (shahar)larida onlayn qabul qilish mexanizmi joriy etiladi. Shuningdek, mazkur mexanizm doirasida aholi uchun barcha qulayliklar yaratiladi va bu jarayonlarni tuman (shahar) hokimliklari o‘z zimmasiga oladi.
Shu maqsadda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev aholi murojaatlarini o‘rganish uchun navbatdagi onlayn qabullarini o‘tkazdi va unda tuman (shahar)lardan 32 nafar fuqarolarni qabul qildi. Albatta, bu kabi qabul jarayonlarida aholi muammolariga ijobiy yechim topilmoqda.

Jumladan, Nishon tumani, Yuksalish MFYda yashovchi Qoraxonova Muyassarning oilaviy ahvoli og‘ir ekanligi va ikki nafar nogironligi bor farzandlarini davolatish maqsadida 8 mln so‘m moddiy yordam beriladigan bo‘ldi.

07-08-2021 |
Foto galereya