Kitob tumanida “O‘zbekneftgaz” AJ raisi Mehriddin Abdullayev hamda Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etgan "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" tadbirida ko‘plab yoshlarimizning xohish-istaklari ro‘yobga chiqdi.

Shular orasida tumandagi 28 umumtaʼlim maktabining 11 sinf o‘quvchisi Doniyor Otamurodov ham bor.
-Mening yoshlikdagi orzum malakali huquqshunos, yurist bo‘lish. Lekin afsuski, bu istagim armonga aylanish arafasida. Sababi mazkur soha mutaxassislarini tayyorlaydigan oliygohlarga kirish uchun xorijiy tilni egallaganlik to‘g‘risida sertifikat (IELTS) talab qilinar ekan. Muammo shundaki, ko‘rib turganingizdek, bir necha yildan buyon nutqimda nuqson (duduqlik) bor. Shu sababdan mazkur sertifikatlarni garchi bunga salohiyatim hamda bilimim yetsa-da, qo‘lga kirita olmayman,-deya o‘z fikrlarini viloyat hokimiga bayon qila boshladi u. 
- Hozirgi kunda ilm-fan rivojlangan bir davrda duduqlik kasalimni ham davolash yo‘llari tibbiyotda topilbdi. Shifokorlarning aytishi bo‘yicha mazkur muolaja xarajatlari 20 million so‘m atrofida turar ekan. Ammo oilaviy sharotimdan kelib chiqqan holda, ota-onamdan bu pulni topib berishlarini va meni davolatishlarini so‘ray olmayman.

Viloyat rahbari Doniyorning bilim olishga bo‘lgan intilishini hamda bu yo‘ldagi yuksak maqsadlariini inobatga olib, uning davolanishi uchun zarur bo‘lgan mablag‘ni to‘lab beradigan bo‘ldi.

03-07-2021 |
Foto galereya