O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligi arafasida bir guruh vatandoshlarimiz davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Ular orasida qashqadaryolik 50 nafarga yaqin o‘z kasbining fidoyilari ham bor.

Qarshi shahridagi IT-parkda tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev mukofotlarni o‘z egalariga tantanali ravishda topshirar ekan ishtirokchilarni samimiy qutladi.

- Mustaqilligimizni mustahkamlash, xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish ishlariga munosib hissa qo‘shgan, o‘zining yorqin iste’dodi, serqirra ijodi, samarali ilmiy-amaliy faoliyati bilan mamlakatimizning ilm-fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat va san’at sohalarini rivojlantirish, yoshlarimizni ona yurtga muhabbat va sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi xizmatlari singgan fidoyi insonlar mehnati doim e’tirof va e’tiborga munosib, - dedi viloyat rahbari.

28-08-2021 |
Foto galereya