Qashqadaryo viloyatida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari rahbarlarining joylarda korrupsiya ko‘rinishlari namoyon bo‘lishiga olib keladigan tizimli muammolar va korrupsiyaning holati to‘g‘risidagi axborotlarini eshitish va muhokama qilish maqsadida senatorlar, mahalliy Kengash deputatlari, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi vakili, hududiy huquqni muhofaza qiluvchi organlar, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida videokonferensiya shaklida majlis o‘tkazildi.
 
 
Majlis kun tartibiga ko‘ra, viloyati prokurori, ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, Markaziy bank, sog‘liqni saqlash boshqarmasi va boshqa mutasaddi davlat tashkilotlari rahbarlarining sohalar kesimida korrupsiyani oldini olish bo‘yicha qilinayotgan ishlar va yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar yuzasidan axborotlari eshitildi.
 
- Eng avvalo, har qanday illatga barham berishda samarali vosita - bu illatni o‘zi bilan emas, balki kelib chiqish sababi bilan kurashish lozimdir, - deydi viloyat hokimi Zoyir Mirzayev. - Shu boisdan, viloyatda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korrupsion omillarga chek qo‘yish maqsadida, Muhtaram Prezidentimiz tomonidan berilgan barcha topshiriqlar ijrosini so‘zsiz bajarilishini ta’minlaymiz.
 
 
Qayd etish joizki, tahlil qilingan davrda Qashqadaryo viloyatida 273 nafar turli darajadagi mansabdor shaxs, 36 nafar soha xodimi korrupsiya bilan bog‘liq turli jinoyatlarni sodir etganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan.
27-10-2021 |
Foto galereya