Qarshi tumanida joylashgan ushbu MFYda 13-sonli yangi va zamonaviy davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirilib, unda tuman rahbari, nuroniylar va mahalla ahli ishtirok etishdi. Shuni alohida aytish lozimki, qarovsiz va abgor holatda bo‘lgan mazkur bog‘cha binosi 3 mlrd 150 mln. so‘m mablag‘lar hisobiga to‘liq qaytadan qurilgan holda barcha sharoitlarni o‘zida mujassam etdi.
 
 
Natijada, bu bolajonlar ta’lim dargohi 120 nafar kichkintoylarni o‘z bag‘riga qamrab oladigan bo‘ldi. Yana bir muhim jihati 30 ga yaqin ish o‘rinlari yaratilib, aholi bandligi ta’minlandi.
 
28-01-2022 |
Foto galereya