Joriy yilning 28-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan Maktab ta’limini rivojlantirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida ta’lim sifatini mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha katta islohotlar boshlanishini aytgan edilar.
 
 
Shu jihatdan, o‘quvchi-yoshlarga sifatli ta’lim berish, ularning qiziqish va qobiliyatlarini maktab ta’limi jarayonlarida aniqlagan holda har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ham chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Chiroqchi tumanidagi "Langar" mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 57-umumiy o‘rta ta’lim maktabi rahbariyati tashabbusi bilan ijodkor o‘quvchilarga munosib sharoitlarni yaratish maqsadida ajoyib imkoniyatlar yaratildi.
 
 
Jumladan, tumanning olis hududidagi mazkur maktabda "Radioeshittirish jarayoni" va "Maktab xabarlari" nomli gazetasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, iqtidorli o‘quvchilar shu yerning o‘zida dastlabki jurnalistik bilim va amaliyotlarga ega bo‘lmoqda.
12-03-2022 |
Foto galereya