Bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Shuhrat Gʻaniyev ayni kunlarda Qashqadaryo viloyatida qishloq xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan ishlarni o‘rganish va hududlarda bahorgi ekin ekish ishlariga tayyorgarliklarni ko‘zdan kechirish maqsadida tuman (shahar)larga tashrif buyurib, aholi xonadonlarida ham bo‘lmoqda.
 
 
 
Jumladan, Qarshi tumanida bo‘lgan bosh vazir o‘rinbosari 17 ming dona mevali daraxt ko‘chatlarini aholi xonadonlariga ekishda viloyat hokimi Murotjon Azimov va Qarshi tumani hokimi bilan o‘zi bosh-qosh bo‘lgan holda fuqarolarimizga sohaga oid tushuntirishlar berilmoqda. Shuningdek, yana 30 ming dona ko‘chat olib kelinib, aholi xonadonlariga tarqatish ishlari boshlab yuborildi.
 
01-03-2022 |
Foto galereya