Nishon tumani, “Nuriston” mahalla fuqarolar yig‘inida qiymati 3 mlrd 925 mln. so‘m bo‘lgan, tadbirkor Maxbuba Samadova tomonidan zamonaviy tipdagi davlat-xususiy sherikchiligi asosida “Nuriston olmoschalari” nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti qurib bitkazildi va bolajonlar uchun foydalanishga topshirildi.
 
 
Ta’lim dargohining tantanali ochilish marosimida viloyat hokimi Murotjon Azimov, tuman rahbarlari va mahallaning faxriy nuroniylari ham ishtirok etishib, tadbirkorning bunday xayrli tashabbuslarigi rivoj tilashdi. Shuningdek, tadbirning ochilish qismida so‘zga chiqqan viloyat rahbari barcha Nishonliklarni kirib kelayotgan 2022-yil bilan samimiy tabriklagan holda ko‘rkam, zamonaviy va barcha qulayliklarga ega bo‘lgan bog‘cha bilan muborakbod etdi.
 
 
Mazkur dargoh 200 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, maktabgacha ta’lim tizimini yanada rivojlantirish va har bir bolaning sifatli ta’lim olishiga xizmat qiladi. Shuningdek, bog‘chada 24 nafar ishchi xodimlar faoliyat yuritib, shundan, 13 nafarini pedagoglar tashkil etadi.
 
28-12-2021 |
Foto galereya