O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 11 avgustdagi PQ-4804 sonli Qaroriga asosan Qarshi sanoat kasb-hunar kolleji binosida loyiha asosida kapital rekonstruksiya va jihozlash ishlarini amalga oshirish natijasida “Ishga marhamat” monomarkazi tashkil etildi.

Mazkur markazning ochilish tadbirida Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov hamda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etishib, barcha tadbir ishtirokchilarini yangi markazning ochilishi bilan tabrikladi.

Maʼlumot uchun, monomarkazda 32 ta yo‘nalish bo‘yicha kasbga tayyorlash, xorijiy tillar, raqamli texnologiyalar va tadbirkorlikni o‘rgatish kurslari tashkil etiladi va yillik o‘qitish quvvati 2 790 nafarni tashkil etadi. Shuningdek, markaz 2021 yilda ish qidiruvchi fuqarolar, tashkillashtirilgan tartibda xorijga mehnat migratsiyasiga ketmoqchi bo‘lgan fuqarolar, nodavlat o‘quv markazlari bitiruvchilari va boshqa aholi toifalari uchun WorldSkills standartlari asosida 10 ta ishchi kasblar bo‘yicha kasbiy malakani baholash markazi tashkil etiladi.

Bundan tashqari, Rossiya Xalqlar Do‘stligi Universiteti (RUDN) tomonidan kasb-hunar va rus tili o‘rgatish o‘quv kurslari tashkil etish uchun alohida o‘quv xona ajratilgan bo‘lib, Birlashgan Arab Amirliklari, Yaponiya va Janubiy Koreya davlatlaridagi taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda arab, koreys va yapon tillarini o‘rgatish kurslari tashkil etish rejalashtirilgan.

29-06-2021 |
Foto galereya