Respublikamiz bo‘ylab mazkur sanada nafosat va go‘zallik timsoli bo‘lgan aziz ayollar va dilbar qizlarimizga chuqur hurmat-ehtirom hamda yuksak e’tibor ko‘rsatish xotin-qizlarga bo‘lgan g‘amxo‘rlikning yorqin belgisi hisoblanadi. Xususan, qashqadaryolik moʻtabar onaxonlar va munis opa-singillarimiz uchun ham bayram tadbirlari yuqori saviyada tashkil etildi.
 
Jumladan, voha markazida tashkil etilgan bayram tadbirini viloyat hokimi Murotjon Azimov tabrik so‘zi bilan ochib berdi va xotin-qizlarimizni samimiy tabriklar ekan, "Ayol qadri, inson qadri ulug‘langan yurtda esa, tinchlik va farovonlik, ahillik va baraka albatta barqaror bo‘ladi.", deya davlatimiz rahbarining so‘zlaridan iqtibos keltirdi.
 
Unda, viloyatimizning 17 nafar barcha sohalarda yetakchi, matonatli, fidoyi va namunali ayollari bayram arafasida Prezident farmoni bilan ta’sis etilgan “Moʻtabar ayol” ko‘krak nishonlarini hamda 21 nafar xotin-qizlar esa viloyat hokimligining faxriy yorliqlarini viloyat hokimi qo‘llaridan qabul qilib olishdi.
 
Yana bir yuksak e’tirof! Bu yil Prezident Farmoni bilan mehnatda namuna ko‘rsatgan 8 nafar viloyatimiz vakilasi yuksak davlat mukofoti bilan taqdirlangan bo‘lsa iqtidori bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lgan 2 nafar zukko qizlarimiz esa Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori bo‘ldi.
 
Sana munosabati bilan o‘tkazilgan bu kabi bayram tantanalari tuman (shahar)larda ham yuqori saviyada tashkil etilib, hududlardagi olis va qishloq joylarda istiqomat qiluvchi ayol mehnat faxriylari, kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda bemor va nogiron xotin-qizlar holidan ham xabar olindi.
09-03-2022 |
Foto galereya