O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar Markazi Qashqadaryo filiali tomonidan viloyatning 2021-yildagi sanoat ko‘rsatkichlari tahlil qilingan.
 
2021-yilda viloyatda 18741,1 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2020-yilga nisbatan 115,3 foiz (o‘sish ko‘rsatkichi bo‘yicha Respublika hududlari orasida 4-o‘rin)ga oshgan. Viloyatda ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarining respublika sanoatidagi ulushi 4,1 foiz (2020-yilda 4,0%)ni tashkil qilgan va hududlar orasida 8-o‘rin (2020-yilda 8-o‘rin)ni egallangan.
Sanoat mahsulotlarining 26,3%i (2020 yilda 34,6%) kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan yaratilgan. Shuningdek, viloyat sanoati tarkibida tog‘-kon sanoatining ulushi - 10,8%, ishlab chiqariladigan sanoatning ulushi - 64,9%, elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni kondisiyalash sanoatining ulushi - 23,5%, suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish sanoatining ulushi - 0,8%ni tashkil qilgan.
Viloyat hududlari kesimida 2021-yilda ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari xajmi 2020-yilga nisbatan Kasbi (163,9%), Nishon (146,3), Qarshi (130,9%), Mirishkor (128,2%), Qarshi shahri (118,4%), Gʻuzor (110,7%), Chiroqchi (104,5%), Dehqonobod (103,1%), Qamashi (102,5%), Koson (100,6%), Yakkabog‘ (100,3%) va Shahrisabz shahrida (100,2%) oshgan bo‘lsa, Shahrisabz (98,7%), Kitob (98,3%), Muborak (87,5%) tumanlarida pasayish tendensiyasi kuzatilgan.
Viloyat sanoatida Nishon (viloyat sanoatidagi ulushi 24,8%), Gʻuzor (18,1%) tumanlari va Qarshi shahri (16,1%)ning ulushi yuqori bo‘lgan bo‘lsa, Yakkabog‘ (3,0%), Shahrisabz (2,6%), Qamashi (2,5%), Mirishkor (2,3%), Kitob (2,0%) tumanlari hamda Shahrisabz shahri (1,8%) ning ulushi past bo‘lgan.
 
Jon boshiga to‘g‘ri keladigan sanoat mahsulotlari xajmi 5558,1 ming so‘mni (Respublika hududlari orasida 12-o‘rin) tashkil qilgan holda 2020-yilga nisbatan 113,1 foizga oshgan.
Nishon (viloyatda jon boshiga to‘g‘ri keladigan sanoat mahsulotlari hajmiga nisbatan 5,3 barobar), Gʻuzor (2,9 barobar), Qarshi shahri (1,93 barobar), Muborak tumani(1,19 barobar)da jon boshiga to‘g‘ri keladigan sanoat mahsulotlari xajmi viloyat ko‘rsatkichiga nisbatan yuqori bo‘lsa, Kasbi (viloyatda boshiga to‘g‘ri keladigan sanoat mahsulotlari hajmiga nisbatan 98%), Dehqononbod (84%), Qarshi (70%), Mirishkor (63%), Koson (51%), Shahrisabz shahri (45%), Shahrisabz (39%), Chiroqchi (33%), Qamashi (31%), Kitob (25%) tumanlarining ko‘rsatkichi viloyat ko‘rsatkichiga nisbatan past.
29-01-2022 |
Foto galereya