Joriy yilning 24 oktabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi o‘tkazilishi munosabati bilan Qashqadaryoda ham ushbu siyosiy jarayonni yuksak saviyada o‘tkazishga tayyorgarlik ishlari boshlab yuborildi.
Dastlab Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining 26-sessiyasida deputatlar jamoatchilikning obro‘-e’tiborli vakillari orasidan 21 kishidan iborat okrug saylov komissiyasi tarkibini shakllantirib, tasdiqlash uchun Markaziy saylov komissiyasiga tavsiya etishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 13-Qashqadaryo okrug saylov komissiyasi Qarshi shahri, Mustaqillik ko‘chasi 35-uyda, “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati binosining birinchi qavatida o‘z faoliyatini boshladi.

13-08-2021 |
Foto galereya