O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini taʼminlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2022-yil 14-oktyabrdagi 595-son qarori mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan Qashqadaryo viloyatida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyat hokimligi, davlat organlari va tashkilot rahbarlari, kadrlar, jamoatchilik bilan aloqalar, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash, korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari hamda yuridik xizmatlarining rahbarlari, studiyalardan tuman (shahar) hokimliklari, davlat organlari va tashkilot rahbarlari hamda sohaga aloqador masʼul davlat fuqarolik xizmatchilari ishtirok etdilar.

Seminarda maʼruzachilar davlat fuqarolik xizmati, davlat fuqarolik xizmatchilari, davlat fuqarolik xizmatchilarining kasbiy madaniyati, xizmat faoliyati hamda xizmat faoliyatidan tashqari holatlardagi odob-axloqi, davlat xizmatchilarini halol, adolatli va kamtar bo‘lishi, fuqarolar bilan muloqotda xushmuomala, vazmin va samimiy munosabatni namoyish qilishi, o‘z xizmat vazifalarini vijdonan, yuksak professional darajada bajarish, rasmiyatchilik, soxtakorlik va suisteʼmolchilikka yo‘l qo‘ymaslik, korrupsiya holatlariga murosasiz munosabatda bo‘lish kabi masalalarga alohida to‘xtalib o‘tdilar.

Seminar yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berildi.

O‘quv-seminar davlat fuqarolik xizmati sohasini yanada rivojlantirish, davlat xizmatchilarning kasbiy madaniyatini yuksaltirish bilan ahamiyatlidir.

Foto galereya