Davlatimiz rahbarining 2023-yil 24-25-oktabr kunlari Qashqadaryoga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari ijrosini taʼminlash maqsadida, Qarshi shahridagi markaziy yo‘llarni taʼmirlash bo‘yicha viloyat hokimi Murotjon Azimov masʼullar va shahar hokimining taqdimoti bilan tanishdi.
Unga ko‘ra, mazkur yo‘llarni taʼmirlash, balki barcha yo‘l harakati qatnashchilari uchun qo‘shimcha qulayliklarni yaratish, harakat xavfsizligini taʼminlash va ularga bog‘lik holda kommunal tarmoqlarni ham rejalashtirish masalalari muhokama qilinib, viloyat hokimi tomonidan bir qancha topshiriq hamda takliflar berildi.
Jumladan, birgina “Yerqo‘rg‘on” bozori atrofida zamonaviy va xavfsiz piyodalar o‘tish yo‘lagini tashkil etish hamda mazkur yo‘nalishda harakatlanuvchi (Qarshi-Koson-Muborak-Buxoro-Navoiy-Xorazm-Qoraqalpog‘iston) va yo‘lovchi tashuvchi transport vositalari uchun qulay avtoturargohni barpo etish takliflari ham ko‘rib chiqildi.