Viloyat hokimi Murotjon Azimov Xitoyning Jiansu provinsiyasi, Chjenszyan shahri hokimi (meri) Syuy Shuxay boshchiligidagi delegatsiyani qabul qilib, rasmiy uchrashuvlar va ikki tomon tadbirkorlari ishtirokida “B2B” muloqotlar tashkil etildi.
Uchrashuvni kirish so‘zi bilan ochgan viloyat hokimi har ikki davlat rahbarlarining saʼyi-harakatlari natijasida hozirda O‘zbekiston – Xitoy munosabatlari o‘zaro strategik hamkorlik “Bir makon - bir yo‘l” tashabbusi doirasida shiddat bilan rivojlanib borayotganini taʼkidladi.
Yakunda tomonlar savdo-iqtisodiy masalalarda fikr almashib, tovar ayirboshlash va har ikki tomon tadbirkorlarini hamkorligini yuqori bosqichga olib chiqish bo‘yicha kelishib oldilar.
Chjenszyan shahri delegatsiyasi vohamizda foliyat yuritayotgan Qarshi tumanidagi “Litai Textile International” yirik xorijiy korxonasi va Qarshi shahridagi “Alp texno servis” korxonasi faoliyati bilan tanishishdi.