Barchaga maʼlumki, so‘ngi yillarda prezidentimiz tashabbusi va turli sohalarda olib borayotgan keng islohotlari tufayli yurtimizda, xususan Qashqadaryoning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida ham ulkan o‘zgarishlar amalga oshirilib, o‘zining amaliy natijalarini berib kelmoqda.

Shu boisdan, viloyat hokimi Murotjon Azimov rahbarligida o‘tkazilgan navbatdagi hokimlik soatida ham ana shunday muhim sohalar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil etildi.

Jumladan:

- yoshlar bandligini taʼminlash va bu boradagi hozirgi holat, mavjud muammolar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar;

- qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoatida investitsiyalarni jalb etish hamda eksport hajmini oshirish borasidagi ishlar;

- ijtimoiy himoya sohasidagi xizmatlar qamrovini oshirishdagi muhim vazifalar va boshqa bir qator ustuvor masalalar bo‘yicha masʼullarning hisobotlari tinglandi.

Shuningdek, yuqoridagi vazifalar yuzasidan sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgan rahbarlar ogohlantirilib, kelgusi istiqbolli rejalar bo‘yicha aniq taklif va topshiriqlar berildi.

25-04-2024 |
Foto galereya