Shu boisdan, 9-dekabr – “Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Qashqadadaryo viloyati boshqarmasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda boshqarma rahbariyati va Qarshi shahar prokuroturasi hamda shahardagi “Mahallot” jomeʼ masjidi bosh imom xatiblari ham ishtirok etishdi.

So‘zga chiqqanlar tizim xodimlariga korrupsiyaga oid xuquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish, odob-axloq va boshqa ichki tartib qoidalarga rioya etilishini taʼminlashga qaratilgan keng qamrovli tushuntirish va tavsiyalar berdi.

Maʼlumot uchun, Pensiya jamg‘armasining viloyat boshqarmasida korrupsiyaga qarshi kurashish yuzasidan keng jamoatchilik bilan hamkorlik uchun (78) 771-07-70 ishonch telefonining doimiy faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Foto galereya