“Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” munosabati bilan viloyatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan viloyat hokimligi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi tomonidan deputatlar, jamoatchilik nazorati vakillari va OAV vakillari ishtirokida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi.

Unda, viloyat hokimligi korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo'limi boshlig'i Rinat Ravshanovning Qashqadaryo viloyati hokimligida mazkur yo'nalishda olib borilayotgan ishlar yuzasidan axboroti eshitildi. Xususan,

- Qashqadaryo viloyati hokimligida korrupsiyaga qarshi kurash tizimini tashkil etish,

- viloyat hokimligi faoliyati ochiqligini taʼminlash,

- viloyat hokimligining korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash,

- nazorat tadbirlari yo'nalishida ma'lumotlar berildi.

Shuningdek, mazkur “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri savol-javoblarga boy bo‘lib, ishtirokchilar tomonidan sohaga oid berilgan taklif va mulohazalar ham tinglandi.

Foto galereya