Viloyat hokimi tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar bilan uchrashib, samimiy muloqot qildi. Bolajonlarning muammolari va orzulari bilan qiziqdi.

Yakunda mehribonlik uyi qayta taʼmirlanishi, sunʼiy qoplamali stadion va sport maydonchalari qurilishi, doimiy sayohat va tanlovlar o‘tkazishga kelishib olindi.

O‘g‘il bolalar Yakkabog‘dagi “Qorabayir” otchilik majmuasiga, qizlar sanʼat maktablariga sayohat qiladigan bo‘lishdi.

Shuningdek, ertaga Ramazon hayiti munosabati bilan viloyat hokimi nomidan konsert dasturi va bayram dasturxoni yoziladigan bo‘ldi.

Qashqadaryo viloyati hokimligi
Axborot xizmati rahbari,
A.Sodiqov

13-05-2021 |
Foto galereya