Viloyatimizning "Nasaf" jamoasi OFK Kubogi doirasida "Ahal" jamoasi ustidan g‘alaba qozonib, qoida bo‘yicha 100 ming AQSH dollariga ega chiqdi.

Uchrashuvni o‘yingohdan viloyat hokimi Zoyir Mirzayev, Srechko Katanes hamda O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi vakillari kuzatib borishdi.

O‘yin yakunida viloyat hokimi Zoyir Mirzayev ham jamoaga 100 mln. so‘m ajratadigan bo‘ldi.
- Bu g‘alabalar ortida yurt sha’ni va nufuzi turibdi, - dedi tabrik so‘zida Zoyir Mirzayev. - Rag‘bat va tilak esa, futbolchilarni yanada harakatchan bo‘lishga, g‘alaba sari olg‘a borishga undaydi.

26-08-2021 |
Foto galereya