Prezidentimiz topshiriqlaridan so‘ng Qashqadaryoda aholi murojaatlari bilan ishlashning namunaviy mexanizmi tashkil etilmoqda. Shu boisdan viloyat hokimi har kuni fuqarolarimizni "ZOOM" orqali tinglamoqda.

Xuddi shunday, viloyat iqtisodiyotida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan va aholi bandligini ta’minlashga hissa qo‘shib kelayotgan tadbirkorlar muammolari ham tinglanmoqda.

Jumladan, viloyat hokimi tadbirkorlar murojaatlariga ham "ZOOM" orqali quloq tutib, amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha mutasaddilarga keskin topshiriqlar berdi.

10-08-2021 |
Foto galereya