O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi “Mahallada yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-92-sonli hamda “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va yoshlar masalalari bo‘yicha idoralararo hamkorlikni ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-93m-sonli Qarorlarida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Qashqadaryo viloyati davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha viloyat hokimi Murotjon Azimov ishtirokida Janubi-Gʻarbiy maxsus harbiy okrug Harbiy kengash yig‘ilishi o‘tkazildi.
 
 
 
Unda, kun tartibiga asosan jahonda va mintaqada yuzaga kelgan harbiy-siyosiy vaziyat, voha yoshlarini harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, mas’ul tashkilotlar hamkorligini kuchaytirgan holda:
 
- yoshlarni yot g‘oyalarga moyilligi va huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha mahallalarda tizimli ishlash,
- ular orasida diniy – ma’rifiy muhitni yaxshilash, siyosiy va mafkuraviy immunitetini shakllantirish hamda vatanparvarlik ruhini o‘stirish,
- xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yosh migrantlarning soni va sifat ko‘rsatkichlari, ularni yot g‘oyalardan asrash,
- yoshlarni harbiy - vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida har chorakda 100 nafardan uyushmagan yoshlarni 10 kunlik harbiy dala poligonlariga olib borish kabi masalalar bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.
 
10-02-2022 |
Foto galereya