Bugungi kunda "Yashil makon" umummilliy loyihasi yurtimiz bo‘ylab keng quloch yoygan holda mamlakatni yanada obod etish, uning har bir qarich yerini ko‘kalamzorlashtirish va bog‘lar barpo etishga qaratilgan hasharlarda nafaqat davlat tashkilot organlari mas’ullari balki keng jamoatchilik hamda mahalliy aholi vakillari ham faollik bilan ishtirok etishmoqda.
 
 
Bu borada qashqadaryoliklar ham keng ko‘lamli tashabbuskorlik ko‘rsatib, viloyatning barcha tuman (shahar)lari qatorida voha markazi hisoblangan Qarshi shahrida ham "Yashil yillik" tadbirlari doirasida turli mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari davlat organlari, tashkilotlar va ijtimoiy ob’yektlar hovlilari hamda mahallalar, shuningdek, respublika va xalqaro miqyosdagi ko‘cha bo‘ylarida ekilmoqda.
 
 
Jumladan, shaharga kirib kelishdagi Qarshi-Shahrisabz yo‘lida tashkil etilgan hasharda ham viloyat va shahar hokimliklari mas’ullari, turli tashkilot hamda keng jamoatchilik vakillari faol ishtirok etishdi. Jarayonlar davomida yo‘lning ikki tomoni bo‘ylab 5 mingdan ziyod manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekildi.
 
26-02-2022 |
Foto galereya