Sessiya kun tartibida Prezidentning “Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni, byudjet mablag‘larini Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari qarorisiz ishlatganlik holatlari va qabullarda fuqarolarga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan mablag‘ ajratish kabi bir qator masalalar muhokama etildi.
 
 
- O‘z bolasini sotayotgan ayollar haqida xech qanday muhokama bo‘lishi mumkin emas, uni orqasida boshqa insonlar qo‘li turibdi, - deydi Zoyir Mirzayev. - O‘zbekchiligimizga xos bo‘lmagan bu illatni aniqlash emas, oldini olish choralarini ko‘rish kerak. Buning uchun har bir fuqaro, mahalla faollari va hududlardan saylangan deputatlar faol va sergak bo‘lishi kerak.
 
 
Shuningdek, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan fuqarolarga ajratilayotgan mablag‘lardan ular maqsadli foydalanmayotgani va buning natijasida takroriy murojaatlar ko‘paygani alohida ta’kidlandi.
20-10-2021 |
Foto galereya