Unda viloyatni ishsizlik va korrupsiyadan xoli hududga aylantirish hamda “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” mezonlarini joriy etishda sektorlar rahbarlari tomonidan “mahallabay” va “xonadonbay” ishlash tizimini tubdan takomilashtirish hamda kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish chora-tadbirlari tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi.
Jumladan, viloyat hokimi, prokurori, IIB boshlig‘i va Soliq boshqarmasi boshliqlarining joriy yil yakuniga qadar aholi bandligini taʼminlash bo‘yicha dasturlari taqdimot qilindi.
Shuningdek, tanqidiy ruhda o‘tkazilgan ushbu yig‘ilishda tumandagi kommunal soha (elektr taʼminoti, gaz, ichimlik suvi, yo‘l) tashkilotlari rahbarlarining ham hisobotlari eshitilib, aholi muammolari bilan bog‘liq masalalarni hal qilishda ular tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi.
Sessiya yig‘ilishida elektr, gaz, ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash va tuproq yo‘llarni shag‘allashtirish yuzasidan ushbu tashkilotlarning joriy yil yakuniga qadar har bir mahalla kesimida reja-jadvallari muhokama qilindi va tasdiqlandi.
Sessiya kun tartibidagi masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi hamda tasdiqlangan reja-jadvallarni tumandagi har bir mahalla binosida barcha ko‘rinarli joylarga ilib qo‘yish belgilandi.
Barcha qarorlar “e-qaror.gov.uz” saytida eʼlon qilib borilmoqda.