Yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, shuningdek, ularni vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida “DXX raisi kubogi” futbol musoboqalari tashkil etilmoqda.

22-iyul kuni soat 19:00da Qarshi shahridagi "Nasaf" markaziy o’yingohida DXX kubogi futbol musoboqasining yakuniy gala-konsertiga taklif etamiz.

Viloyatimiz ahli uchun tashkil etilayotgan futbol shousida estradamizning yorqin yulduzlari Shohruhxon, Hulkar Abdullayeva, Kaniza va Dilshod Mirzamurodovlar ishtirokidagi gala-konsert dasturi ham tashkil etiladi.

Gala-konsertga kirish mutlaqo Bepul!

20-07-2024 |
Foto galereya