Mustaqillikning 33-yilligi bayrami oldidan Qarshi shahridagi “Cho‘lquvar” mahallasida joylashgan 11-umumta’lim maktabi yangi o‘quv binosiga ega bo‘ldi. Ushbu 900 o‘rinli zamonaviy bino tadbirkor tomonidan homiylik asosida qurilgan bo‘lib, loyihaning umumiy qiymati 11 mlrd. so‘mni tashkil etadi.

Yangi o‘quv binosi 5 qavatdan iborat bo‘lib, unda 30 ta fan xonasi va faollar zali joylashgan. Ushbu xonalar zamonaviy o‘quv jihozlari va texnologiyalar bilan to‘liq ta’minlangan. O‘quv binosining tashqi qismida esa o‘quvchilar uchun maxsus sport maydonchalari barpo qilingan. Jumladan, voleybol maydonchasi va mini futbol stadioni ham mavjud.

Maktabning ochilish marosimida viloyat hokimi Murotjon Azimov, shuningdek, jamoatchilik vakillari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi. Tadbir davomida ushbu yangi maktab binosining ahamiyati va ta’lim jarayonida yaratadigan yangi imkoniyatlari haqida so‘z yuritildi.

28-08-2024 |
Foto galereya