Sizda saraton kasalligiga chalingan, baxtsiz hodisalarda jarohatlangan yoki murakkab operatsiyalarga muhtoj bemorlarga yordam berish imkoniyati bor.

Qon topshirish nafaqat boshqalarga yordam, balki o‘z salomatligingizga ham foyda. Misol uchun, qon topshirish qon-tomir kasalliklarini rivojlanish xavfini kamaytiradi, tanada yangi eritrotsitlar ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi va jismoniy holatni barqarorlashtiradi.

Bundan tashqari, qon topshirish jaryonida donorlar sog‘ligi tekshirilib, umumiy salomatlik holatingiz haqida ma’lumot olishingiz mumkin.

Umuman olganda, ushbu savobli ish insonning emotsional holatiga ham ijobiy ta’sir qiladi va ijtimoiy faollikni yanada oshiradi.

11-12 sentabr kunlari soat 9:00 dan 16:00 gacha

Manzil: Qarshi shahri, viloyat qon xizmati markazi hamda shahar, tuman tibbiyot birlashmalari

Qon donori bo'ling va hayot baxsh eting!

10-09-2024 |
Foto galereya