Kecha Germaniya Federativ Respublikasining bir guruh hukumat va biznes vakillaridan iborat delegatsiyasi viloyatimizga tashrif buyurdi. Mehmonlar dastlab Qarshi shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi faoliyati bilan tanishdi.
Shundan so‘ng, viloyat hokimi Murotjon Azimov boshchiligidagi mas’ullar degegatsiya vakillarini qabul qilib, “Fit for Climate” – Nemis biznes iqlimi uchun xalqaro iqtidorlarni jalb qilish pilot loyihasi yuzasidan fikr almashdilar.
Loyihani amalga oshirish uchun viloyat hokimligi tomonidan loyihada ishtirok etish istagidagi kontingentni saralab olish, nemis tili kurslarini tashkil etish uchun o‘quv xonalar ajratish va ishtirokchilarni malakasini aniqlash uchun o‘quv amaliy ustaxona ajratilishiga kelishib olishdi.
Delegatsiya tashrif yakunida Qarshi kommunal xo‘jaligi kollejida bo‘lib, u yerdagi ustaxona faoliyati bilan tanishdi.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 9-iyul kuni Qashqadaryo viloyati hokimligi mas’ullari Germaniya Federativ Respublikasining “Nemis hunarmandlari markaziy uyushmasi” vakillari bilan viloyatdagi malakali o‘rta bo‘g‘in kadrlarni Germaniyaning nufuzli kompaniyalariga ishga yuborish bo‘yicha muloqotlar o‘tkazgan edi.